So’nggi yangiliklar

22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0

06 avg 14:38
Yangiliklar

Boks/MMA

Maxachevning murabbiyi qanday holatda Topuriya bilan jang bo'lishi mumkinligini aytdi

Teglar :  Xaver Mendes
Murabbiy Xaver Mendes shogirdi Islam Maxachevning Iliya Topuriyaga qarshi jangi amalga oshishi mumkinligini aytdi.

"Topuriya va Maxachev o'rtasidagi jang — bu hozirgi paytda UFCdagi eng asosiy jang hisoblanadi. Avval bunday jang sifatida Jons — Aspinall qarama-qarshiligi ko'rsatilgan edi. Ammo agar Islam keyingi jangini yutsa, undan so'ng Topuriya bilan to'qnash keladi.

Topuriya o'zining Islamga qarshi ehtimoliy jangini qanday targ'ib qilayotgani menga yoqmoqda. Bu orqali u ko'pchilikning etiborini tortmoqda. U qanchalik ko'p "tresh-tok" qilsa, shunchalik ko'proq muxlislar ushbu jangni ko'rishni xohlaydi. SHu bilan birga, Topuriyaning jangchi sifatida qilayotgan ishlari ham faxrlanishga arziydi. U juda kuchli va vazn tushirish bilan muammosi yo'q.

Unga qarshi jang — Islam uchun ajoyib imkoniyat. Maxachevning asosiy maqsadi — yarim o'rta vazndagi (77 kg) chempionlik kamarini qo'lga kiritish. Agar u bu kamarni olsa, undan keyin yoki biz engil vaznga tushamiz, yoki Topuriya yuqoriga chiqadi. Ammo UFC bularning hech biridan manfaatdor bo'lmasa, bu ro'y bermaydi. Eng avvalo, biz navbatdagi jangda g'alaba qozonishimiz kerak", — dedi Mendes Bloody Elbow nashriga.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing