19 sen 10:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahon chempionati. Bahodir Jalolov raqibini chuqur nokautga uchratgan jangdan FOTOGALEREYA
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o'tkazilayotgan jahon chempionatining navbatdagi kungi bahslari ham o'z yakuni sari yaqinlashmoqda.
Kechagi dasturdan o'rin olgan so'nggi jangda charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov chorak final bahsida ringga ko'tarilgandi. +91 kg vazn toifasidagi bokschimiz AQSH vakili Richard Torresni birinchi raunddayoq chuqur nokautga uchratib, yarim finalga yo'l olgan edi.
Endi Bahodir ertaga o'tkaziladigan yarim final jangida rossiyalik Maksim Babaninga qarshi ringga chiqadi. Babanin kecha angliyalik bokschiga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Lekin mezbonlar protest berish orqali mag'lubiyatni g'alabaga aylantirishdi.
Suratlar muallifi - Aziz To'xtamurodov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar