17 sen 21:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Jahon chempionati. Bobousmon Baturov 1/8 final jangida ringga ko'tarildi
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida havaskor boks bo'yicha erkaklar o'rtasidagi jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina -69 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Bobousmon Baturov nimchorak final jangini yakunladi. Hamyurtimiz AQSH bokschisi Delante Jonson bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oldi.
Uch raund to'liq davom etgan murakkab jang yakunida Baturov amerikalik kuchli raqibini 5:0 hisobida mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Bu g'alaba Bobousmonga chorak final eshiklarini ochdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar