18 sen 19:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Jahon chempionati. Bobousmon Baturov ham 1/2 final ishtirokchisiga aylandi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Rossiyaning Ekaterinburg shahrida havaskor boks bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina -69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Bobousmon Baturov ham jahon chempionatining yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Baturov chorak final jangida iordaniyalik Ziyad Iashashga qarshi ringga chiqdi va raqibini mag'lubiyatga uchratdi. Terma jamoamizning uchinchi azosi ham jahon chempionatining yarim finaliga yo'l olish barobarida kamida bronza medalini naqd qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar