27 okt 10:07
Yangiliklar

Jahon chempionati. Bugun birgina Bilanga muxlislik qilamiz
Bugun “Papp Laszlo Arena” mezbonlik qilayotgan jahon chempionatining sakkizinchi kungi bellashuvlarida polvonlar 77, 97 hamda eng og'ir 130 kg vazn toifalarida gilamga chiqishadi. Yurtimiz sharafini esa bor yo'g'i bitta vazn toifasidagi yunon-rum kurashchimiz himoya qiladi.
Aniqrog'i, diqqat etiborimiz -77 kg vazn toifasida O'zbekiston nomidan gilamga chiqadigan Bilan Nalgievga qaratiladi. U bahslarga 1/16 final bosqichidan qo'shiladi va bu davrada greciyalik Georgios Prevolarkisga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o'tamiz, shu kungacha jahon chempionatining ikkita medaliga ega bo'ldik. -63 kg vazn toifasidagi vakilimiz Rio Olimpiadasi sovrindori Elmurat Tasmuradov kumush, -74 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Osiyo o'yinlari g'olibi Bekzod Abdurahmonov esa bronza medalini qo'lga kiritdi.
Fikrlar