25 iyu 18:31
Yangiliklar
Voleybol

Jahon chempionati doirasidagi O'zbekiston - Pokiston uchrashuvi yakunlandi
Poytaxtimiz mezbonligida davom etayotgan voleybol bo'yicha yoshlar (U 19) o'rtasidagi jahon chempionatida 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina O'zbekiston va Pokiston terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z yakuniga etdi va afsuski, unda voleybolchilarimiz raqiblariga 0:3 (23:25, 18:25, 21:25) hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Guruhimizning yana bir o'yinida kecha bizdan engilgan Turkiya terma jamoasi murosasiz kechgan 5 setlik bahsda Argentinaga 2:3 (25:21, 23:25, 22:25, 25:22, 12:15) hisobida yutqazdi.
Endi voleybolchilarimiz 3-tur uchrashuvini ertaga Puerto-Riko terma jamoasiga qarshi o'tkazishadi. Ushbu bahs "Yunusobod" sport majmuasida soat 17:00da boshlanadi. Puerto-Riko bugun Belgiyadan 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar