25 okt 21:37
Yangiliklar
Kurash
Jahon chempionati. Elmurat Tasmuradov finalga yo'l oldi
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida sport kurashlari bo'yicha jahon chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirgan.
Bugundan musobaqada yunon-rum kurashi bo'yicha musobaqalarga start berildi.
Quvonarlisi, jahon chempionatida -63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Elmurat Tasmuradov Belarus, Xitoy, Moldova, Ukraina vakillarini mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi. Endi u ertaga oltin medal uchun rossiyalik Stepan Maryanyanga qarshi gilamga chiqadi.
Biz jahon chempionligi uchun kechadigan bahsda hamyurtimizga omad tilab qolamiz.
Eslatib o'tamiz, bungacha erkin kurash bahslarida ishtirok etgan Bekzod Abdurahmonov bronza medaliga ega chiqqandi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar