19 noy 10:02
Yangiliklar
![](/upload/storage/48843_220.jpg)
Jahon chempionati. Ismatova raqibasini nokautga uchratdi
Ushbu musobaqada ilk marotaba O'zbekiston terma jamoasi to'liq tarkibda ishtirok etyapti. Jahon chempionatining ortda qolgan ikki kunida ringga ko'tarilgan besh bokschimizdan faqat bir nafarigina ikkinchi davraga yo'l oldi.
+81 kg vaznda ringga ko'tarilgan Go'zal Ismatova vengriyalik Adrien Junashni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
-48 kg vazndagi bokschimiz Gulasal Sultonalieva koreyalik CHo Rong Bakka 0:5 hisobida yutqazib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
-69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Maftunaxon Melieva shotlandiyalik Megan Reydga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
-75 kg vazndagi vakilamiz Ezozaxon Melieva murosasiz kechgan birinchi davra bahsida mozambiklik Adosinda Gramanga 2:3 hisobida yutqazdi. Irlandiya, Argentina va polshalik hakamlar Adosindaga, Ruminiya va germaniyalik hakamlar esa Ezozaxonga g'alabani taqdim etishgan.
Malumot uchun, ushbu jahon chempionatida hamyurtlarimizdan Aleksandr Hamidov hakamlik qilyapti. U shu kungacha o'ndan ziyod janglarda hakamlik qilishga muvaffaq bo'ldi.
Fikrlar