17 sen 20:30
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/86187_220.jpg)
Jahon chempionati. Mirzahalilov 1/8 final jangini o'tkazdi
Xabar berganimizdek, Rossiyaning Ekaterinburg shahrida havaskor boks bo'yicha erkaklar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
O'z tarixida yubiley - XX marotaba tashkil etilayotgan jahon chempionatida bugungi kungi bahslari ham o'zining qizg'in pallasiga kirdi. Hozirgina -57 kg vazn toifasidagi vakilimiz Mirazizbek Mirzahalilov nimchorak final jangini yakunladi.
Hamyurtimiz marokashlik Muhammad Hamoutga qarshi ringga ko'tarildi. Uch raundlik jang yakunida hakamlar 4:1 hisobidagi g'alabani Mirzahalilovga taqdim etishdi. Mirazizbek chorak finalda medallar uchun kurashni davom ettiradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar