18 sen 19:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahon chempionati. Mirzahalilov qozog'istonlik kuchli bokschini mag'lub etib, 1/2 finalga yo'l oldi
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida havaskor boks bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda.
Hozirgina -57 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Miraziz Mirzahalilov chorak final jangini yakunladi. Yurtdoshimiz qozog'istonlik kuchli raqib Qayrat Eralievga qarshi ringga ko'tarildi va juda muhim g'alabaga erishdi.
Ushbu g'alaba evaziga Mirzahalilov yarim finalga yo'l olish barobarida jahon chempionatining kamida bronza medalini ham qo'lga kiritadigan bo'ldi. Lekin biz va bokschimizning o'zi ham oltindan boshqasiga rozi bo'lmaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar