So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

30 sen 16:10
Yangiliklar

Boks/MMA

Jahon chempionati qahramonlariga "Prezident sovg'asi" topshirildi + FOTOGALEREYA

Xabaringiz bor, 8-21 sentyabr kunlari Rossiyaning Ekaterinburg shahrida boks bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Ushbu jahon birinchiligida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari har qachongidan ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Bu orqali yigitlarimiz jahon chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o'rinda yakunlashdi. 

Bugun, 30 sentyabr kuni poytaxtimizdagi "Olimpiya shon-shuhrati" muzeyida bokschilarimizni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari, O'zbekiston boks federaciyasi raisi Achilbay Ramatov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, sportchi va murabbiylar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va boshqalar ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida Achilbay Jumaniyazovich so'zga chiqar ekan, sportchilarimizni qo'lga kiritilgan muvaffaqiyat bilan muborakbod etdi. Ushbu muvaffaqiyat zamirida mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan qaratilayotgan etibor turganini alohida qayd etib o'tdi. SHuningdek, erishilgan yutuq bilan to'xtab qolmaslik, maqsad qilingan ishni hozircha bir qismigina bajarilganini, Tokio Olimpiadasida bundanda ulkan zafarlar kutilishini takidladi. 

Bundan tashqari tadbir davomida terma jamoamiz murabbiylari Marat Qurbonov, Rahmatjon Ro'zioxunov, bokschi Bahodir Jalolov va Dilshodbek Ro'zmetovlar ham so'zga chiqib, ushbu etibordan mamnun ekanliklarini aytishdi. Kelajakda bundanda yirik muvaffaqiyatlarga erishishlarini qayd etishdi. 

SHundan so'ng jahon chempionati qahramonlariga "Prezident sovg'asi" - avtomobillar taqdim etildi. Jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgan SHahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov va Bahodir Jalolovlarga "Treker" avtomobili, kumush va bronza medali sohiblari Dilshodbek Ro'zmetovga  "Jentra", Bobousmon Baturovlarga "Neksiya 3" avtomobillari kaliti topshirildi. 

SHuningdek, terma jamoamizning muvaffaqiyatida o'z hissasini qo'shgan murabbiylarga ham pul mukofotlari taqdim etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar esdalik uchun suratga tushishdi.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting: +3   

Fikrlar

+2   
30 sen 17:22:43
Dilshot Solihov
Gap yo'q bu mexnatilaga o'zi bu xam kam. Ayniqsa Shoxobidin uchun xursandman. Darvoqeya Shoxobidinni chimpiyanat so'ngida bergan intirvyusi kulgilikdek ko'pchilik tomonidan ayniqsa rus sharxlovchilari tomonidan isteg'zo o'rnida gapirildi. Bularga qo'shilib bazi brovlargaxam gap topildi. Rus tilidagi intitvyuga Shoxobidini rus tilini unchalik bilmasligi chaynashga arzidimi axir usha chaynagan ruslarni uch yil oldin kimsan Misha Alayanini foliyatini poyintar soyintar qivorganxam shu Shoxobidin bo'ladi. Keyin bu joxon chimpiyanatida Igorovi noqal medali ipigaxam yetib kelolmadi qisqasi usha Igorovi bilan Shoxobidin sapalakxam o'ynashga arzimidoxam. Yana shunday musobaqani Shoxobidin jaroxat evaziga uchta qittani chimpiyonlarini mag'lub etkan xolda onsonlik bilan erishdi. Qisqasi xaqiqi mart Shoxobidini bunday kamchiligini chaynaguncha shu vazindagi RUS tilida mukamal gaplashadigan Vasili Igorovga yaxshilab bokis tushishni o'rgatishsa bo'lardi shu Ig'vogarlar zora Shoxobidin bilan ringda to'qnash kelish baxtiga muyasar bo'lsa. Nasib qilsa Shoxobidin shunday cho'qilarga chiqadiki sandakalar intirvyuxam olomi qolasalar. Yashavor Shoxobidin
+1   
30 sen 16:36:03
Bek
Э гап йўқ. Буюрсин боксчиларимиз ва мураббийларга.
   
30 sen 20:50:12
ТМТ
Рус тилини билмаслик айбми? Интервьюни ўзбекчада бервормапсизда Шахобиддин. Жаҳон чемпиони хоҳлаган тилида гапириши керак. Керак бўлса, ўзбекларни таржимонликка ёлласин. Бўлмаса интервью йўқ дейиш керак. Шунчалик гапирдингиз ҳам рахмат ука. Ўзлари ўзбекчада гапириш тугул исмингизни тўғри айтишни ўрганиб олсин.
   
30 sen 19:10:05
Master Klass
Xammaga assalomu alekum xamma chempionlani tabriklimiz sovgala mubore bosin Raxmatjon Rozioxunovga prezident sovgasiyam berilmaganmi uzr yana chunmagan bosam
   
30 sen 18:47:37
Adhamjon
meni bir narsa Raxmatjon Ro'zioxunovga xech qanday medal berilmagani xafa qildi. axir hamma korsiyu bu murabbiyni xizmati juda katta boldi
   
30 sen 18:45:50
Adhamjon
meni bir narsa Raxmatjon Ro'zioxunovga xech qanday medal berilmagani xafa qildi. axir hamma korsiyu bu murabbiyni xizmati juda katta boldi
   
30 sen 16:49:35
Shoxa
Shaxobda 2 ta tracker oq va qora super
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing