So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

08 noy 12:04
Yangiliklar

Kurash

Jahon chempionati sovrindori munosib taqdirlandi FOTO

Avval xabar berganimizdek, Rossiya federaciyasining Qozon shahrida belbog'li kurash (borba na poyasax) bo'yicha kattalar o'rtasida 17-Jahon chempionati bo'lib o'tgan edi.

Musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan polvonlarimiz 1 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza, jami 12 ta medalni qo'lga kiritib, qirqdan ortiq davlatdan ishtirok etgan sportchilar orasida umumjamoa hisobida kuchli beshlikdan o'rin egallashgandi. 

Ushbu jahon chempionatida Qashqadaryo viloyati CHiroqchi tuman Xalqobod qishlog'ida yashovchi, tumandagi 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabining belbog'li kurash bo'yicha to'garak azosi Munisa Alisherova ham -52 kg. vazn toifasida terma jamoa tarkibida ishtirok etib, bronza medalini qo'lga kiritgan edi. 

CHiroqchi tuman hokimligi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi tashabbusi bilan 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida bronza medali sohibasini taqdirlash marosmi bo'lib o'tdi. 

Keng sport jamoatchiligi, sportchi-o'quvchilar, Munisaning yaqinlari  ishtirokida o'tgan taqdirlash marosimda tuman hokimi Xurram Jo'raev sovrindor sportchimizni qutlar ekan, sportga qaratilayotgan etibor tufayli yoshlarimizning xalqaro sport arenalarida munosib natijalarga erishayotgani, milliy sport turimiz bo'lgan belbog'li kurash ham viloyatda, xususan, CHiroqchi tumanida keng ommalashib borayotgani va buning natijasida ilk bor belbog'li kurash bo'yicha viloyat miqyosida jahon chempionati medalini aynan chiroqchilik polvon qiz tomonidan qo'lga kiritilganini faxr bilan gapirib o'tdi. 

SHuningdek, tuman hokimi ushbu sport turini, qolaversa jismoniy tarbiya va sportning yanada ommaviyligini taminlash borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilishini takidladi. 

SHundan so'ng, tuman hokimligi, viloyat belbog'li kurash federaciyasi, viloyat jismoniy tarbiya va boshqarmasi hamda ushbu boshqarmaning tuman bo'limi, 1-BO'SM tomonidan Munisa Alisherovaga qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi. 

Farhod JUMANOV, viloyat belbog'li kurash federaciyasi raisi, belbog'li kurash bo'yicha xalqaro toifadagi hakam:

- O'zim mazkur jahon chempionatida hakam sifatida ishtirok etib, guvohi bo'ldimki, Munisa qizimizga kuchli uchlikdan joy olish oson kechgani yo'q. Irodasi mustahkam, qobiliyati borligi bois, bronza medaliga erishdi. Albatta, uni shu kurash turiga oshno etgan, istedodi shakllanishada, katta sport sari etaklashda tajribali  ustozi Bahriddin Yarmatovga yaqinlari nomidan, belbog'li kurash federaciyasi nomidan tashakkur bildiramiz. Bugun viloyatimizda yuzlab bolalar belbog'li kurash bo'yicha mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. O'ylaymanki, keyingi xalqaro musobaqalarda natijalarimiz bundan-da alo bo'ladi, chunki bizda sharoit ham, imkoniyatlar ham etarli.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing