26 noy 10:09
Yangiliklar

Jahon chempionati yakunlandi, eng yaxshi natijamiz - chorak final! FOTO
Jami 10ta vazn toifasida o'tkazilgan jahon chempionatida Xitoy terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. CHin yurti vakilalai 4ta vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritishdi.
Xitoy Taypeyi 2ta oltin medal bilan ikkinchi o'rinni egalladi. Bittadan jahon chempioniga ega Hindiston, KXDR, Germaniya va Irlandiya terma jamoalari keyingi o'rinlarni band etishdi.
Etiborga molik jihati shundaki, hindistonlik Meri Kom -48 kg vazn toifasida 6 karra jahon chempioniga aylandi. Aynan uning o'zi Dehlidagi jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb ham topildi.
Eslatib o'tamiz, bu galgi jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi ilk marotaba to'liq tarkibda ishtirok etdi. Hamyurtlarimizning eng yaxshi natijasi - bu chorak final bosqichi bo'ldi.
Barcha vazn chempionlari:
-48 kg: Meri Kom (Hindiston)
-51 kg: CHol Mi Pang (KXDR)
-54 kg: Yu-Ting Lu (Xitoy Taypeyi)
-57 kg: Ornella Vaxner (Germaniya)
-60 kg: Kelli Xarrigton (Irlandiya)
-64 kg: Dan Dou (Xitoy)
-69 kg: Nien-CHin CHen (Xitoy Taypeyi)
-75 kg: Ksian Li (Xitoy)
-81 kg: Lina Vang (Xitoy)
+81 kg: Ksiaoli Yang (Xitoy)
Nominaciya bo'yicha eng yaxshilar:
Eng yaxshi bokschi – Meri Kom (Hindiston)
Eng yaxshi jamoa – Xitoy
Eng yaxshi murabbiy – Liam Bolger (Germaniya)
Fikrlar