So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

17 noy 13:55
Yangiliklar

Kurash

Jahon chempionatida munosib ishtirok etgan belbog'li kurashchilarimiz kutib olindi FOTOREPORTAJ

11-16 noyabr kunlari Rossiya Federaciyasining Qozon shahrida belbog'li kurash bo'yicha kattalar, yoshlar va o'smirlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Dunyoning 30 dan ortiq davlatining sara kurashchilari ishtirok etgan jahon chempionatining kattalar o'rtasidagi belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishida qatnashgan O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush, 5 ta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni egalladi. 

SHuningdek, U17 yosh toifasida o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionati bellashuvlarida Baxtiyor Turg'unpo'latov bosh murabbiyligidagi yosh polvonlarimiz 10 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza medallarini qo'lga kiritib, kattalar terma jamoamiz singari umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi. 

Musobaqaning so'nggi kunida U 20 toifasidagi jahon chempionatida ham sportchilarimiz 6 ta oltin, 4 kumush va 10 ta bronza medallarini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida yana birinchi bo'lishdi. 

Barcha g'olib va sovrindorlarimiz:

Oltin medal

57 kg. Abbosbek Ahmadjonov

75 kg. Samandar Anvarov

90 kg. SHodilbek SHodilbekov

48 kg.  Moldir Alimboeva

52 kg. Feruza Sobirova

66 kg.  Sevara SHajenova


Kumush medal 

57 kg. Akbarjon Sobirjonov

68 kg. Kamronmirzo Ismonaliev

90 kg. Samandar Egamberdiev

66 kg. Muxlisa Rustamova


Bronza medal 

62 kg. Sohibxoj Boymatov

62 kg. Asadbek Jalilov

68 kg. Diyorbek Polvonov

82 kg. Faryozbek Kozimoa

82 kg. Sardorbek Sodiqjonov

+100 kg. Hamidullrh Soliev

+100 kg. Azimjon Yuldoshev 

48 kg. Musharrafxon Murodullaev

57 kg. Muslimaxon Ahmedova

+76 kg. SHirinoy Yuldosheva. 

SHu tariqa Qozon shahrida o'tgan kattalar, yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi navbatdagi jahon chempionatida polvonlarimiz 20 ta oltin, 11 ta kumush va 26 ta bronza medallarini qo'lga kiritgan holda umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni egallashga muvaffaq bo'lishdi. 

Jahon chempionatida munosib ishtirok etgan hamyurtlarimiz bugun tongda yurtimizga qaytib kelishdi. Poytaxtimizdagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportida sportchilarni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Sport vazirligi, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi vakillari, jamoat tashkilotlari, sportchilarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etishdi. 

- Rossiya federaciyasining Qozon shahri mezbonligida o'tgan jahon chempionatida polvonlarimiz yuqori natijalar ko'rsatdi. Keskin va murosasiz tarzda o'tgan jahon chempionatida sportchilarimiz eng kuchli ekanligini yana bir bor isbotladi, - deydi O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi bosh kotibi Abduxalil Malikov. - Ushbu salmoqli natijalarga erishishimizda yurtimizda sportga, xususan, milliy sport turlarimizga qaratilayotgan alohida etibor va qolaversa, O'zbekiston Respublikasi sport vazirligi hamda federaciyamiz tomonidan amalga oshirilayotgan say-harakatlar, sportchilarimizga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar tufayli, deb bilaman. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing