So’nggi yangiliklar

19:15Мбаппе Испания ғазнасига 14,5 млн евро туширади 0 18:54Канада Гран-присидан кейинги умумий рейтинг ҳолати қандай? 0 18:33Бокс бўйича аёллар терма жамоамиз Туркияга жўнаб кетди 0 18:12Формула-1. Жорж Расселл Канада Гран-присида зафар қучди 0 17:51"Барселона" Гави борасида бир қарорга келди 0 17:30Чирчиқ спорт мактаби мураббийи Тайпейда олтин медаль қўлга киритди 0 17:09"Бошқа азият чекишни истамадим". Топурия енгил вазнга ўтиш сабабини очиқлади 0 16:48"Менинг ўз режаларим бор". Петр Ян нимага чемпионлик жангини кутмасликка қарор қилганини айтди 0 16:46Баракалла, Арслонбек Тожиев икки карра Олимпиада чемпионини мағлуб этди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:27"Манчестер Сити"га янги келган Шерки: "МЮни йўқ қилиш учун улар билан ўйинни кутяпман" 0 16:06Макс Холлоуэй: "Порье зўр инсон. Лекин..." 0 15:45Баҳодир Жалоловнинг Нью-Йоркдаги жанги неча раунд этиб белгилангани маълум 0 15:24Сафина Садуллаева Польшадаги турнирда ғолиб бўлди 0 15:03"Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон - Украина ўйинини кўришни истардим" – Максим Шацких билан катта интервью 0 14:42"Мен Топурияни қандай мағлуб этишни биламан" - Пимблетт 0

16 iyu 15:03
Yangiliklar

Futbol

"Jahon chempionatida O'zbekiston - Ukraina o'yinini ko'rishni istardim" – Maksim SHackix bilan katta intervyu

Kievning "Dinamo" klubi va O'zbekiston terma jamoasining afsonaviy hujumchisi Maksim SHackix "Ukrainskiy futbol" nashri uchun intervyu berdi.

O'zbekiston terma jamoasi JCH-2026 saralashida BAA jamoasi bilan durang o'ynadi (0:0) va o'z tarixida ilk bor Kanada, Meksika va AQSHda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati yo'llanmsini qo'lga kiritdi. 

"Ukrainskiy futbol" sayti jurnalisti Vladislav Lyutostanskiy Kievning "Dinamo" klubi va O'zbekiston terma jamoasining afsonaviy hujumchisi, hozirda O'zbekistonning "Andijon" jamoasini boshqarayotgan sobiq goleador Maksim SHackix bilan suhbatlashdi. U o'z milliy jamoasining tarixiy muvaffaqiyati haqidagi fikrlarini bildirdi.

 

O'zbekistonning JCH-2026ga yo'l olishi? Bir paytlar biz Mundialga chiqishni orzu qilgandik, mana o'sha vaqt keldi"

- O'zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempionatining final bosqichiga yo'l oldi va 2026 yilda bo'lib o'tadigan Mundialda ishtirok etadi. O'z terma jamoangizdan shunday muvaffaqiyatni kutganmidingiz?

- Muvaffaqiyatning hech qanday siri yo'q. Albatta, terma jamoaning JCHga chiqishini kutgandim. Buning vaqti keldi. Bir paytlar biz Mundialga chiqishimiz kerak edi. SHuningdek, FIFAning Osiyo uchun JCH yo'llanmalari sonini oshirgani ham yaxshi - hozir bu 8,5 ta yo'llanmani tashkil etadi (qo'shimcha bir o'rin boshqa konfederaciyalar vakillari bilan play-off o'yinlarida qo'lga kiritiladi).

Terma jamoa guruh bosqichida ham o'yin, ham natijalar bo'yicha ancha ishonchli harakat qildi. Ajoyib jamoa, yaxshi futbolchilar. O'zbekistonlik futbolchilarning ko'pchiligi ichki chempionatda emas, chet elda to'p tepayotgani ham katta yutuq hisoblanadi. Tajriba, yaxshi ligalarda o'ynash va mehnat - bularning barchasi birgalikda o'z samarasini berdi.

- O'zbekiston terma jamoasi o'yinidagi qaysi jihatni eng kuchli deb hisoblaysiz?

- Bu savollarga javob berish qiyin. Turli xil o'yinlar bo'ldi, qaysi raqibga qarshi o'ynaganiga qarab farq qilardi. O'zbekiston terma jamoasi boshida himoyadan hujumga tezkor o'tish orqali harakat qilgan bo'lsa-da, hujumkor futbol o'ynashi ham mumkin. Saralash bosqichi davomida jamoa sxemasi va taktikasi sezilarli darajada o'zgarmadi.

Sizningcha, agar Qozog'iston UEFA homiyligidan OFKga o'tganida, xalqaro maydonda munosib ishtirok etish imkoniyati ko'proq bo'larmidi?

- Men bu haqda doim gapirganman. Qozog'istonda bo'lganimda, ulardan so'rardim: "Nima uchun u yoqqa o'tdingiz?" Mundialga chiqish imkoniyati bor edi. Etarlicha kuchli terma jamoa bor edi, bizda har doim shiddatli "derbilar" bo'lib turardi.

Ehtimol, ular o'z o'yinchilarini sotishni osonlashtirish uchun Evropaga yo'l olishgandir. Bilmayman. Qozog'istonda bu savolga hech kim javob bermadi. SHunisi aniqki, hozirda ularda biror nufuzli turnirga chiqish imkoniyati deyarli yo'q. Kimdir shunday qaror qabul qilgan, xolos.

- O'zbekiston milliy terma jamoasini ancha yosh mutaxassis - 43 yoshli Timur Kapadze boshqarmoqda. Bu mutaxassisning ishi haqida nimalarni ayta olasiz?

- Men u bilan shaxsan ishlamaganman, shuning uchun aniq bir narsa aytishim qiyin. U O'zbekiston terma jamoasini 2024 yilgi Olimpiya o'yinlariga tayyorlaganini bilaman. Uning davrida biz ham birinchi marta Olimpiadaga chiqdik - bu yaxshi natija. O'z vaqtida bizda shunday loyiha bor edi - "Olimpik" klubi, u erda Olimpiya terma jamoasi barcha azolari to'planib, O'zbekiston chempionatida qatnashdi. Mana o'sha o'yinchilarning o'zlari Olimpiya terma jamoasining asosini tashkil etishdi.

Kapadze 2025 yilning qishida boshqaruvni qo'liga oldi va uning rahbarligida to'rtta o'yin o'tkazildi - ikkita g'alaba, ikkita durang. Keyinchalik qanday bo'lishini ko'ramiz. U terma jamoalar futbolida tajribaga ega. Murabbiy uchun eng muhimi nima? Natija. Kapadze milliy terma jamoani boshqargan payt hech narsani o'zgartirmadi: o'sha futbolchilar bir xil tizimda o'ynashdi, chunki biror narsani o'zgartirishning hojati yo'q edi. O'zbekiston terma jamoasi vazifani ishonchli tarzda bajardi - Jahon chempionatiga yo'l oldi. Endi Mundialning o'zini kutamiz - bu ham biz uchun malum bir sinovdir. Birinchi marta sayyoramizning eng kuchli terma jamoalari ishtirok etadigan bunday turnirga chiqish - katta yutuq.

 

"Hozir O'zbekistonda futbol juda tez rivojlanmoqda. Ukraina klublari bu bozorga etibor qaratishlari kerak edi".

O'zbekiston terma jamoasidan Ukraina terma jamoasi nimani o'rganishi mumkin?

Nima deyishni ham bilmayman. Juda qiyin savol. Ukraina terma jamoasining ham ko'plab yutuqlari bor - so'nggi paytlarda Evropa chempionatida muntazam ishtirok etishmoqda, o'z vaqtida Jahon chempionatining chorak finaligacha etib borishgan.

Hozirda Ukraina terma jamoasida avlodlar almashinuvi davom etmoqda, tajribali katta yoshli o'yinchilar o'rnini yoshlar egallamoqda. Bunga vaqt kerak. Afsuski, hamma narsaga vaqt kerak. Ammo u doim etishmaydi. Agar Ukraina va O'zbekiston JCH-2026da bir guruhga tushib qolsa, juda qiziq bo'lardi.

Ukraina terma jamoasining JCH-2026ga yo'llanma olish imkoniyatlarini qanday baholaysiz? Guruhdagi raqiblarimiz orasida Franciya, Ozarbayjon va Islandiya bor.

Franciya bilan bellashuv juda qiyin bo'lishi aniq. Islandiya va Ozarbayjon esa Ukrainaning kuchi etadigan raqiblardir. Ukrainaliklar ularni engishlari shart. Ular futbol o'ynashni yaxshi bilishadi. Islandiya kuchli qarshilik ko'rsatadi - bu tushunarli, ular kamida ikkinchi o'rinni egallaydi. Ukraina terma jamoasi buni uddalay oladi. Aslida birinchi o'rin uchun ham kurashish mumkin, shunday emasmi?

Hozir O'zbekistonda futbol qay ahvolda?

O'zbekistonda futbol juda tez rivojlanib bormoqda. Rivojlanish va qurilish ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda O'zbekistonning barcha terma jamoalari uchun baza qurilishi yakunlanmoqda. So'nggi paytlarda futbol juda kuchli rivojlanmoqda, shu jumladan bolalar va o'smirlar futboli ham taraqqiy etmoqda. Hech narsa bir zumda o'zgarmaydi, lekin to'g'ri yo'nalish tanlangan va natijalar allaqachon ko'zga tashlanmoqda.

- Ilgari O'zbekistonga katta mablag' evaziga jahon futbolining yulduzlari taklif etilardi. Xususan, 2008 yilda Rivaldo "Bunyodkor"ga o'tgan edi. Hozir yo'nalish ko'proq o'z yoshlarini tarbiyalashga qaratilganmi?

- Har bir klubning o'z vazifa va maqsadlari bor, lekin asosan mahalliy ijrochilarga tayanishadi. Albatta, chet ellik futbolchilar ham bor, ular kam emas, ammo bu ikki xil yo'l – legionerlari bor jamoa va legionerlarsiz jamoa. CHempionat mashg'ulotlarida raqobat darajasi, shubhasiz, sifatli xorijiy ijrochilar bo'lganda oshadi. 

- Nega o'zbekistonlik futbolchilar Ukrainada talabgir emas?

- Bilmayman. Ehtimol, Ukrainada o'zbek futbolchilariga shunchaki etibor berishmayotgandir. Bundan tashqari, hozirgi vaziyatda hamma ham urush ketayotgan mamlakatga borishga tayyor emas. SHunga qaramay, mahalliy futbolchilar ko'proq boshqa yo'nalishlarga etibor qaratishmoqda: Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Xitoy, Tailand.

"SHaxtyor"ni etiborga olmaymiz, chunki ularning o'z rivojlanish modeli bor. "Dinamo" yoki "Polese" esa, agar O'zbekiston bozorini diqqat bilan kuzatganlarida, o'zlari uchun nimadir topishlar mumkin edi. O'zbekistonda bugungi kunda ukrainalik ijrochilardan qolishmaydigan yaxshi malakali o'yinchilar etarli. Ammo takrorlayman, hozirgi vaziyatda yaxshi legionerni Ukraina Premer-ligasi (UPL)ga taklif qilish oson emas.

- Balki UPL klublariga o'zbekistonlik futbolchilardan birortasiga etibor qaratishni maslahat berarsiz?

- Familiyalarni aytmayman. Yana takrorlayman, mening fikrimcha, O'zbekistonda sifatli futbolchilar etarli. Hozir men ishlaydigan "Andijon"da ham shunday o'yinchilar bor. "Paxtakor"da bo'lganimda, men va yordamchilarim O'zbekiston milliy terma jamoasining kelajagi bo'lgan tarkibni shakllantirdik. U erda hozir deyarli butun Olimpiya terma jamoasi o'ynayapti. 

- Yuriy Vernidub "SHaxtyor"da (Soligorsk) ishlagan paytida hujumkor yarim himoyachi Jasur Yaxshiboevni takidlagan edi. U so'nggi paytlarda Eronning "Nassaji" jamoasida o'ynagan. O'shanda Vernidub, agar Yaxshiboevning xohishi bo'lsa, u "Dinamo" yoki "SHaxtyor"ning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lishi mumkinligini aytgan. Haqiqatan ham Ukraina klublari o'zbek brilliantini payqamay qoldimi?

- Yaxshiboev - chindan ham alo darajadagi sifatli o'yinchi. Ammo uning fel-atvori va intizomi borasida ayrim muammolari bor. Futbolchi sifatida – shubhasiz, ajoyib. Yaxshiboev aqlli, noodatiy ijrochi, biroq unga xarakteri xalaqit beradi. Men uni juda yaxshi bilaman, u bilan bir necha bor suhbatlashganman. Agar u intizom va xarakter bilan bog'liq barcha kundalik muammolarini bartaraf etganida, eng yuqori darajada o'ynashi mumkin edi.

 

"Men hatto o'z rekordlarimni ham kuzatib bormayman. Agar Yarmolenko ularni yangilasa, xursand bo'laman. Yugura olguningizcha yuguring".

- O'zbekiston terma jamoasining asosiy yulduzlari Eldor SHomurodov va Abduqodir Husanovmi?

- Men umuman "yulduzlar" deganda nimani tushunishni bilmayman. Ha, SHomurodov hozir "Roma"da, Husanov esa "Manchester Siti"da o'ynayapti - u hali yosh, hammasi oldinda. Maqomiga qarasak, ha, ular yulduzlar. Ammo O'zbekistonda Eron chempionati darajasidagi musobaqalarda o'ynaydigan juda yaxshi futbolchilar bor. Ikki nafar futbolchi Rossiyada, bazilari esa Turkiyada o'ynayapti. Umuman olganda, O'zbekiston terma jamoasi hozir sifatli tarkibga ega.

- Siz uzoq vaqt O'zbekiston terma jamoasi tarkibida gol urish bo'yicha rekordchi edingiz (34 ta gol), ammo hozir O'zbekistonning 1-raqamli to'purari SHomurodov bo'lib, uning hisobida 42 ta gol bor. "Roma" hujumchisi sizning goleadorlik natijalaringizni ortda qoldirgani haqida fikringiz qanday?

- Men bundan faqat xursandman. SHunchaki, men O'zbekiston terma jamoasida o'ynaganimda o'ziga xos holatlar bor edi. Birinchidan, men jamoaga ikki karra kamroq kelardim. O'sha paytda UEFA sanalari OFK o'yinlari bilan mos kelmasdi. SHunday vaziyat bo'lardiki, bizda CHempionlar Ligasi o'yini bo'lsa, shu bilan bir vaqtda terma jamoa ham o'ynardi. SHuning uchun bu sanalar tartibga tushmaguncha meni qo'yib yuborishmasdi. Keyinchalik bu masala engillashdi. Hozir Osiyo terma jamoalari uchun turnirlar ko'proq - ilgari bunday emas edi. Mening davrimda faqat Osiyo kubogi saralashi va Jahon chempionati saralash bosqichida o'ynardik.

Yana takrorlayman, men O'zbekiston terma jamoasidagi yoki Ukraina chempionatidagi rekordlar haqida umuman tashvishlanmayman. Hatto mening natijalarimni kim ortda qoldirishini ham kuzatmayman. SHomurodov - zo'r yigit, u hali ko'p o'ynaydi. O'ylashimcha, u yana ko'plab gollar uradi! Men faqat xursandman va unga omad va sog'lik tilayman.

- Ukraina chempionatidagi sizning gol urish rekordingizga (124 ta gol) yaqinlashgan "Dinamo" afsonasi Andrey Yarmolenko haqida ham xuddi shunday fikr bildira olasizmi?

- Albatta, albatta. Men doimo shunday deyman: "Imkoningiz boricha yuguring, yigitlar. Agar sport faoliyatingizni tugatib qo'ysangiz, ortga qaytish imkoni bo'lmaydi. Maydon chegarasidan chiqdingizmi - tamom". SHuning uchun, salomatligingiz imkon bersa, ichingizda motivaciya, ishtiyoq va g'ayrat bor ekan - yuguring, o'ynang, rekordlarni yangilang. Eng muhimi harakatda bo'lish, chunki harakat - hayot demakdir.

SHuningdek, jamoa muvaffaqiyatini birinchi o'ringa qo'yish lozim. Har qanday yo'l bilan shaxsiy maqsadlaringizga erishishga urinish to'g'ri emas. Odatda, jamoani etiborsiz qoldirib, faqat o'zingiz uchun o'ynasangiz, bu keyinchalik butun jamoaga va umuman natijaga zarar keltiradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing