So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

30 okt 12:16
Yangiliklar

Kurash

Jahon chempionatida polvonlarimiz 17 ta medal qo'lga kiritishdi + FOTO

28-30 oktyabr kunlari Rossiyaning Qozon shahrida belbog'li kurash (borba na poyasax) bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida 19-jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Kattalar o'rtasida o'tkazilgan ushbu jahon chempionatida 38 davlatdan 250 nafarga yaqin polvonlar g'oliblik uchun gilamga chiqishdi.

Quvonarlisi, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov boshchiligidagi 18 nafar terma jamoamiz azolari (bosh murabbiy Azamjon SHokirjonov) ham mazkur jahon chempionatida munosib ishtirok etib, belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlarida 4 ta oltin, 3 ta kumush va 10 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi va umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o'rinni band etishdi.

G'olib sportchilarimiz bugun tongda Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Kutib olish marosimida O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi mutasaddilari, “Adolat” SDP vakillari, sportchilarning ota-onalari, va OAV vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Demak, quyida jahon chempionatida ishtirok etib, g'olib va sovrindor sportchilari bilan tanishamiz:

Klassik yo'nalish

Oltin medal

- 68 kg. Oybek Sultonboev (Andijon)

- 90 kg. SHohjaxon Ortiqov (Sirdaryo)

Kumush medal

- 75 kg. Nusratullo Sultonboev (Andijon) 

Bronza medal

- 100 kg. Nozimjon Ibrohimjonov (Farg'ona)

- 62 kg. Jahongir Hayitov (Namangan)

Erkin yo'nalish

Oltin medal 

-100 kg. Nodirbek Ahadjonov (Toshkent sh.)

-66 kg. Maftunabonu Mahmudova (Andijon)

Kumush medal 

-57 kg. Husanboy Nosirov (Andijon)

-90 kg.Jasurbek Isroilov (Andijon)

Bronza medal sohiblari:

-82 kg. Husniddin Ro'ziev (Andijon)

+100 kg. Azamjon Anvarjonov (Andijon)

-62 kg. Dostonbek Obidjonov (Namangan)

-68 kg. Murodjon Xamidov (Namangan)

-75 kg. Og'abek Amatboev (Xorazm)

-52 kg. Muxlisaxon Sotvoldieva (Farg'ona)

-57 kg. Manzuraoy Mo'ydinova (Farg'ona)

-76 kg. Ziyodaxon Ergasheva (Farg'ona)  

Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing