So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

06 noy 18:32
Yangiliklar

Kurash

Jahon chempionatidan qaytgan polvonlarimiz tantanali kutib olindi FOTOGALEREYA

Avval xabar berganimizdek, Rossiya federaciyasining Qozon shahrida belbog'li kurash (borba na poyasax) bo'yicha kattalar o'rtasida 17-Jahon chempionati bo'lib o'tgan edi.

Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan polvonlarimiz 1 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza, jami 12 ta medalni qo'lga kiritib, qirqdan ortiq  davlatdan ishtirok etgan sportchilar orasida umumjamoa hisobida kuchli beshlikdan o'rin egallashdi. 

Terma jamoamiz delegaciyasi Qozon shahridan qaytib keldi. Polvonlarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida keng jamoatchilik tomonidan tantanali tarzda  kutib olindi. Biz esa fursatdan foydalanib, jahon chempionatida medallarga ega bo'lgan sportchilarning taassurotlari bilan qiziqdik.  

Begoyim RAHIMBOEVA, jahon chempionatining 76 kg. vazn toifasida kumush medal sohibasi (Xorazm): 

- Raqiblarimiz ham belbog'li kurashni yaxshi o'zlashtirgani bois ushbu jahon chempionatida kuchli uchlikdan joy olish oson kechmadi. Maqsadim oltin medalni qo'lga kiritish edi. Final bosqichida raqibim kuchli ekaniga shubha qilmagandim. Oxirgi daqiqalarda omad mendan yuz o'girdi shekilli, imkoniyatni boy berib qo'ydim. Biroq, bundan afsuslanganim yo'q. SHunday nufuzli musobaqaning finalida kurash tushganimdan xursandman. Keyingi xalqaro musobaqalarda albatta birinchi bo'lish uchun mashg'ulotlarga jiddiy kirishaman. Avvalo, bizga shunday keng imkoniyatlar yaratilayotgani uchun terma jamoamiz nomidan, jahon chempionatida uchinchi o'rinni egallagan eng yaqin dugonam Ullijon Davlatova nomidan Prezidentimizga rahmatlar aytamiz. Qolaversa, ota-onamga, yoshligimizdan belbog'li kurashga oshno etgan, ushbu sport turini viloyatda keng targ'ib qilib kelayotgan jonkuyar ustozim Bekbergan Boltaevga, O'zbeksiton belbog'li kurash federaciyasi raisi, xalqaro belbog'li kurash federaciyasi (borba na poyasax, IBWA) vice-prezidenti Ravshan Dastirovlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Munisa ALISHEROVA, jahon chempionatining 52 kg. vazn toifasida bronza medali sohibasi (Qashqadaryo): 

- Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etishim va uchinchi o'rinni egallab, bronza medaliga ega bo'lganimdan afsusda emasman, aksincha xursandman. Belbog'li kurash viloyatimizda ommalashib borayotgani bois, sekin asta xalqaro musobaqalar g'olib va sovrindorlarimiz ko'paymoqda. Men ham mamlakatimizga, viloyatmizga medal olib kelganimdan mamnunam. Albatta, Qashqadaryo viloyatiga belbog'li kurashni rivojlantirishda tashabbus ko'rsatgan  viloyat belbog'li kurash federaciyasi raisi, CHiroqchi tuman 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori, belbog'li kurash bo'yicha xalqaro toifadagi hakam Farhod aka Jumanovga, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasiga o'z minnatdorchiligmni izhor etaman. Qolaversa, shu sport turini mukammal darajada o'rgatib kelayotgan murabbiyim Bahriddin Yarmatovga, CHiroqchi tuman 1-sonli BO'SMning fidoyi murabbiylariga tashakkurlar deyman. Maqsadim - bronza medalini oltinga aylantirish va buning uchun yanayam mashg'ulotlarga zo'r beramiz.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing