24 iyu 08:20
Yangiliklar
Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan dzyudochilar uchun psixologik trening o'tkazildi FOTOGALEREYA
Sportchi bahsga jismonan tayyor bo'lishi mumkinki, lekin ruhiyat bilan muammo yuzaga kelsa, natija kutilgan darajada bo'lmaydi.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi shu holatlarni inobatga olgan holda terma jamoa azolari uchun psixologik mashg'ulotlarni yo'lga qo'ygan. Kuni kecha ana shu treninglarning navbatdagisi tashkil etildi.
Bir necha yildan beri aynan sport sohasida faoliyat yuritib kelayotgan tajribali psixolog Lola Agzamova Osiyo va Jahon chempionatiga Toshkent viloyatining tog'li hududida tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolari bilan birga psixologik mashg'ulot o'tkazdi.
Dzyudochilarimiz quvnoq kayfiyatda o'tgan ushbu treningda katta ishtiyoq bilan ishtirok etishdi. Buni suratlardan ham bilib olish mumkin.
Fikrlar