27 noy 08:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahon chempionatini 1ta kumush, 3ta bronza medali bilan yakunladik
Kecha Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati yakunlandi.
Afsuski, finalga etib kelgan yagona vakilimiz ham mag'lubiyat alamini totib ko'rdi va kumush medal bilan kifoyalandi.
60 kg vaznda qatnashgan Bilolbek Mirzarahimov final jangida AQSH bokschisi Delant Jonsonga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Qolgan bokschilarimiz 52 kg vazn toifasidagi Otabek Xolmatov, 56 kg vazndagi SHunqor Abdurasulov, 91 kgdagi SHohruz Rahimov bronza medali bilan taqdirlanishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar