27 iyu 12:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Jahon chempioni Lomachenko bilan jang uchun vaznini o'zgartirishga tayyor
Ikkinchi yarim engil vazn toifasida WBC kamari sobibi Migel Berchelt engil vazn toifasi chempioni Vasiliy Lomachenkoga qarshi jang qilish istagi borligi haqida gapirdi.
"Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi menga motivaciya bag'ishlamoqda. Men ikkinchi yarim yangil vazn toifasida chempion bo'lish uchun qattiq mehnat qildim. Olti marta kamarimni himoya qildim. Endi yangi chorlovlarni qabul qilish vaqti keldi. Men engil vazn toifasiga ko'tarilib, Vasiliy Lomachenkoga qarshi jang qilishni istardim.
Ishonchim komil, u bilan jangimiz ajoyib o'tadi. Vasiliy jahonning eng zo'r bokschilaridan biri. Lekin buyuklikka davo qilish uchun buyuklar ustidan g'alaba qozonish lozim", - dedi Berchelt.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar