So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

30 sen 10:31
Yangiliklar

Og'ir atletika

Jahon rekordchisi hamda terma jamoa azolari tantanali kutib olindi

Bangkok - Toshkent yo'nalishi bo'ylab parvoz qilgan samolyot Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo'ndi.

Samolyot yo'lovchilari safidan og'ir atletika bo'yicha yaqinginada Tailandning Bangkok shahrida bo'lib o'tgan jahon chempionatidan sovrindor bo'lib qaytayotgan O'zbekiston terma jamoasi azolari ham o'rin olishgandi.

Eslatib o'tamiz, ushbu jahon chempionatida vakillarimiz uchta medalga sazovor bo'lishdi. Jumladan, erkaklar o'rtasida -67 kg vazn toifasida Adhamjon Ergashev siltab ko'tarish mashqida kichik bronza, -109 kg vaznda esa Akbarjon Jo'raev ham siltab ko'tarish mashqida kichik kumush medalni qo'lga kiritdi. 

Ayollar o'rtasida -55 kg vazn toifasida supachaga ko'tarilgan terma jamoamizning umidli sportchilaridan biri Muattar Nabieva ham yakunda sovrindorga aylandi. U siltab ko'tarish mashqlarida kichik bronza medaliga ega chiqdi. Darvoqe, Akbarjon Jo'raev tomonidan qayd etilgan natija yoshlar o'rtasida jahon rekordi sifatida tarixga kirdi.

Takidlash kerak, jahon chempionati bahslarida O'zbekiston o'zining mustaqillik yillaridagi eng yosh tarkibi bilan ishtirok etgan bo'lishiga qaramay vatanimizga uchta medal bilan qaytishdi. Bundan anglash mumkinki, O'zbekiston og'ir atletikasining ertasi ishonchli qo'llarda.

Bugun Toshkent xalqaro aeroportiga og'ir atletikachilarimizni kutib olish uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo'mitasining mutasaddilari, O'zbekiston kasaba uyushmalari federaciyasi Markaziy Kengashi xodimlari, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi vakillari hamda sportchilarning oila azolari, yaqinlari va OAV xodimlari hozir bo'lishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing