22 sen 17:34
Yangiliklar
Tennis

Jahon terma jamoasi uchinchi bor Leyver Kubogi sohibi
AQSHning San-Francisko shahrida tennis bo'yicha nufuzli Leyver Kubogi yakuniga etdi.
Jahon va Evropa terma jamoalari o'rtasidagi hal qiluvchi uchrashuvda dunyo yulduzlari zafar quchishdi. Avvaliga avstraliyalik Aleks De Minaur Evropa terma jamoasi vakili chexiyalik Yakub Menshikni mag'lub etdi - 6/3, 6/4.
Keyin ispaniyalik Karlos Alkaras argentinalik Fransisko CHerundolodan ustun keldi - 6/2, 6/1. Hisob Jahon terma jamoasi hisobiga biroz qisqardi - 12:9. Hal qiluvchi uchinchi uchrashuvda amerikalik Teylor Fric germaniyalik Aleksandr Zverevdan ustun keldi - 6/3, 7/6(4).
SHu tariqa, Jahon terma jamoasi Evropa jamoasini 15:9 hisobida taslim etib, uchinchi marotaba Leyver Kubogi sohibiga aylandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar