11 avg 20:26
Yangiliklar
Kurash

Jahongirmirzo Turopov Islom birdamligi o'yinlari g'olibi! + FOTOGALEREYA
Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o'yinlari davom etmoqda.
Hozirgina erkin kurashchimiz Jahongirmirzo Turopov (-61 kg) terma jamoamizga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi. Hamyurtimiz final bellashuvida ozarbayjonlik Islam Bazarganovni mag'lubiyatga uchratdi.
Turopov finalga qadar turkiyalik Rejep Topal, bahraynlik Alibeg Alibegov, falastinlik Ali Aburumaylani mag'lubiyatga uchratgan edi.
Ushbu bahsdan olingan suratlarni tomosha qiling:
Suratlar muallifi - Anvar Ilyasov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar