19 fev 16:01
Yangiliklar
Jaksibaeva Osiyo chempioni, rapirachi qizlarimizda bronza
Hafta yakuni hamyurtlarimiz nufuzli musobaqalarda g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
Bahraynda o'tayotgan qilichbozlik bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida yana bir oltin medal qo'lga kiritildi. Sablya qurolida o'smir qizlar toifasida kechgan bahsda jahon chempionati sovrindori Nargiza Jaksibaeva barcha raqiblarini mag'lub etib, oltin medalga sazovor bo'ldi.
SHuningdek, Tbilisi (Gruziya) mezbonlik qilgan yoshlar o'rtasidagi Jahon kubogi bosqichida rapirachi qizlarimiz jamoaviy dasturda shohsupaga ko'tarilishdi. Yarim finalda Polshaga imkoniyatni bergan qizlarimiz uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda gonkonglik tengqurlaridan ustun kelib, bronza medallariga egalik qilishdi.
Fikrlar