11 fev 17:39
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/322440_220.jpg)
Jaloliddin Masharipov qachon qaytadi? "Istiqlol" shifokori bu savolga javob berdi
Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasi va Eronning "Istiqlol" klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov jarohat olgandi.
"Istiqlol" klubi futbolchisi Jaloliddin Masharipov "SHams Azar Qazvin"ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan va bir necha haftaga safdan chiqqandi.
Klub shifokori hamyurtimizning holati haqidagi savolga quyidagicha javob berdi. Bu haqida AZIYA-SPORT telegram kanali xabar bermoqda.
"Jaloliddinning tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda. Afsuski, Elit OCHL doirasida "Al Rayyan"ga qarshi bahsda u jamoaga yordam bera olmaydi. Futbolchi to'liq tiklanib, yaxshi sport formasiga kirib olishi uchun taxminan uch hafta kerak bo'ladi", - dedi "Istiqlol" klubi shifokori.
Eslatib o'tamiz, JCH saralashi doirasidagi O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi bahsi 20 mart sanasiga belgilangan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar