11 mar 23:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Jalolov final jangini o'tkazdi
Deyarli o'n kun davomida Iordaniyaning Amman shahrida siyo/Okeaniya mintaqasining licenzion musobaqasi bo'lib o'tdi.
Musobaqaning so'nggi kunida + 91 kg vazn toifasida jahon chempioni Bahodir Jalolov final bahsida Avstraliya vakili Yustis Xuniga qarshi ringga ko'tarildi. Jangning katta qismida ustunlikka erishgan hamyurtimiz g'alaba qozonib, terma jamoamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi.
SHu tariqa, Amman shahrida bo'lib o'tgan musobaqada terma jamoamiz vakillari umumiy hisobda Tokio olimpiadasiga ettita licenziya olishga erishishdi.
SHuningdek, bokschilarimiz turnirda uchtadan oltin va bronza medallariga ega chiqishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar