10 mar 23:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Jalolov final yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Iordaniya poytaxtida boks bo'yicha Olimpiada licenzion turnirining navbatdagi kungi bahslari yakunlanmoqda.
Hozirgina +91 kg vazn toifasida terma jamoamiz azosi Bahodir Jalolov yarim final bahsida Hindiston vakili Kumar Satishga qarshi ringga ko'tarildi. Jangda katta ustunlikka erishgan amaldagi jahon chempionimiz g'alaba qozonib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
SHu tariqa, ertaga terma jamoamizning uch nafar azosi Ammandagi musobaqaning finalida ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Боходирга эса ахамияти йук