26 fev 12:16
Yangiliklar
Futbol
Jamoani uch yil avval tark etgan Messi "Barselona"dan haligacha maosh oladi. Qanaqasiga?
Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq o'yinchilari Lionel Messi, Serji Buskets va Jordi Albaga maosh to'lashda davom etmoqda, deb xabar beradi Sadena Ser.
Manbaga ko'ra, "Barselona" klubni tark etganiga qaramay, Messi, Alba va Buskets oldidagi shartnoma majburiyatlariga ega. Bunga koronavirus pandemiyasi davrida qo'shimcha imzolangan shartnomalar bilan bog'liq o'zgarishlar sabab bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, Messi 2021 yilda Kataloniya klubini tark etgandi. Alba va Buskets esa 2023 yilda "Barselona" bilan xayrlashgan.
Havola :
Fikrlar