25 mar 14:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Jamshid Najmiddinovning navbatdagi raqibi malum. Jang kamar uchun bo'ladi
Ayni paytda AQSHda bo'lib turgan professional bokschimiz Jamshid Najmiddinov navbatdagi jangini o'tkazadi.
Yarim o'rta vazn toifasidagi prof bokschimiz (18-2-0) 14 may kuni AQSHda faoliyatidagi 21-jangini o'tkazadi. Ushbu bahsda hamyurtimizga mezbonlar vakili CHarlz Xetli (30-2-1) raqiblik qiladi. 10 raundga mo'ljallangan jang Qo'shma SHtatlarning WBC (USNBC) chempionlik kamari uchun kechadi.
Eslatib o'tamiz, Najmiddinov so'nggi jangini amerikalik Uill Maderaga qarshi o'tkazgandi. O'shanda Jamshidbek elkasidan olgan jarohati tufayli jang muddatidan avval to'xtatilgan va Maderaning qo'li baland ko'tarilgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar