04 avg 14:31
Yangiliklar
Boks/MMA
Jan Paskal vaqtinchalik WBA chempionini mag'lub etdi
AQSHning Nyu-York shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Yarim og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni 36 yoshli Jan Paskal 28 yoshli vaqtinchalik WBA chempioni Markus Braunga qarshi ringga ko'tarildi. Jang davomida Paskal raqibini uch marotaba nokdaun holatiga tushirib qo'ydi.
Sakkizinchi rundda bokschilar bosh bilan bir-birlariga urilib ketishdi. Natijada Braun jangni davom ettira olmasligi malum bo'ldi va texnik g'alaba Janga taqdim etildi. Jang to'xtatilguniga qadar bo'lgan vaqtdagi zarbalar hisoblab chiqilganda hakakmlar bir ovozdan Paskalning 75-74 hisobidagi g'alabasini taminlashgan ekan.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar