10 noy 21:17
Yangiliklar
Og'ir atletika
Jangabaev jahon chempionatida ikkita medalga ega chiqdi
Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahri mezbonlik qilgan og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati o'z yakuniga etdi.
Musobaqaning so'nggi kuni eng og'ir +109 kg vazn toifasida g'olib va sovrindorlar aniqlandi. Ushbu vaznda yurtimiz sport sharafini Osiyo o'yinlari sovrindori Rustam Jangabaev himoya qildi. Aynan u ikki kurash natijalariga ko'ra medal qo'lga kiritgan yagona sportchimizga aylandi.
Qoraqalpog'istonlik 25 yoshli sportchimiz siltab ko'tarishda 245 kg natija bilan bronza medalini qo'lga kiritdi. Dast ko'tarishda 202 kg bilan to'rtinchi o'rinni egalladi. Ikki kurash bo'yicha esa 447 kg ko'rsatkich bilan bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar