11 noy 12:15
Yangiliklar

Jangga bir kun qolganida Myureyning raqibi yana o'zgardi, CHudinovdan virus chiqdi
Myurrey avvaliga ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Artur Abraxam bilan jang qilishi kerak edi. Lekin germaniyalik 36 yoshli bokschi mashg'ulot chog'ida jarohat olgani sabab, Martinning raqibi o'zgargandi.
Etiborga molik jihati shundaki, jangga bir kun qolganda britaniyalik bokschining rossiyalik 30 yoshli raqibi Dmitriy CHudinov ham safdan chiqdi. Aniqrog'i, CHudinovda virus aniqlanganligi bois shifokorlar rossiyalik bokschiga jang qilish uchun ruxsat berishmadi.
Endi Martin Myurrey ertaga 12 noyabr kuni Monakoda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan, asli kelib chiqishi nigeriyalik, lekin hozirda Germaniya bayrog'i ostida janglarini o'tkazayotgan Nuxu Laval (23-0, 13KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.
Fikrlar