07 may 15:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Jangiga uch kun qolganida Rahmatullo Boymatovning raqibi o'zgardi
11 may kuni tongda AQSHning Las-Vegas shahrida Dana Uaytga tegishli Zuffa Boxing promouterlik kompaniyasining oltinchi turniri bo'lib o'tadi.
Musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Rahmatullo Boymatov amerikalik El Stentonga qarshi ringga ko'tarilishi kerak edi.
Biroq Rahmatulloning raqibi o'zgardi. Hamyurtimiz endi boshqa bir amerikalik bokschi — Kaleb Xoll bilan bahs olib boradi.
Bu Boymatov uchun prof boksdagi debyut jang bo'ladi. Kaleb Xoll esa shu kungacha prof boksda 9 ta jang o'tkazib, 6 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Mazkur jang yarim og'ir vazn (79,38 kg) toifasida 6 raundlik to'qnashuv bo'ladi.
Zuffa Boxing 6 turnirining asosiy jangi o'rta vazn toifasida ukrainalik 31 yoshli Sergey Bogachuk hamda amerikalik 35 yashar SHeyn Mozli o'rtasida bo'lib o'tadi.

Havola :
Manba : boxrec.com
Fikrlar