25 fev 14:39
Yangiliklar
Jasmine Paolini WTA 1000 turniri g'olibasi
Musobaqa bosh sovrini dunyoning 40-raketkasi bo'lib turgan Jasmine Paoliniga nasib etdi. Italiyalik tennischi final uchrashuvida dunyoning 26-raketkasi, rossiyalik Anna Kalinskayani irodali g'alaba evaziga mag'lub etdi. - 4/6, 7/5, 7/5. Anna hal qiluvchi uchinchi setda 5/3 hisobida oldinda borayotgandi. Ammo ustunlikni o'zida ushlab qololmadi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Jasmine hisobda oldinga chiqib oldi - 2:1. Paolini muvaffaqiyatli ishtirokidan 1000 reyting ochkosi hamda 523,485 dollar mukofot puli ishlab oldi. U ertaga elon qilinadigan yangi reytingda Top-20`da debyut qiladi, aniqrog'i dunyoning 14-raketkasiga aylanadi. Kalinskaya esa 680 ochko va 308,320 dollarga ega bo'ldi. Anna reytingda 24-pog'onaga ko'tariladi.
Fikrlar