08 sen 08:03
Yangiliklar
Javohir Sindarov million dollarlik turnirda Magnus Karlsenga qarshi dona surdi
Unda o'z tarkibiga yulduz shaxmatchilarni jamlagan oltita jamoa g'oliblik yo'lida bahs olib bormoqda. Hamyurtimiz Javohir Sindarov musobaqaning bu yilgi mavsumida Fyers American Gambits jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Javohirning jamoasida qozog'istonlik Bibisara Assaubaeva, rossiyalik Danil Dubov, hindistonlik Nihal Sarin, franciyalik Mark-Andria Mauricci hamda ispaniyalik xalqaro master Sara Hadem ham bor. Sindarov jamoasining birinchi — Icon taxtasida dona surmoqda.

Tech Mahindra Global Chess League turnirining to'rtinchi turida Fyers American Gambits jamoasi Magnus Karlsen boshchiligidagi Alpine APL Pipers jamoasi bilan to'qnash keldi. Birinchi taxtada Javohir Sindarov Magnus Karlsen bilan to'qnash keldi. Uchrashuvda durang natija qayd etildi. Bibisara Assaubaeva hindistonlik Diviya Deshmuh bilan murosaga keldi. Nihal Sarin niderlandiyalik Anish Giri bilan durang o'ynadi.

Afsuski, Sindarovning qolgan jamoadoshlari raqiblariga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ushbu bahsda Magnus Karlsen jamoasi 15:3 hisobida g'alaba qozonib, turnir jadvalida 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikki g'alaba va ikki mag'lubiyatga ega Fyers American Gambits 6 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 3-o'rindan joy olgan.


Fikrlar