09 okt 14:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Javohir Ummatalievning Londondagi raqibi ispaniyalik bo'ladi
21 yashar hamyurtimiz Javohir Ummataliev prof boksdagi navbatdagi jangini o'tkazadi.
Avval xabar berganimizdek, hamyurtimiz 17 oktyabr kuni Buyuk Britaniya poytaxti London shahridagi O2 Arena majmuasida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga chiqadi.
Boxrec portalining malum qilishicha, Ummatalievga o'sha kuni ispaniyalik Atakayte Santana raqiblik qiladi. Jang yarim og'ir vazn toifasida o'tkaziladi.
Malumot o'rnida, Javohir Ummataliev prof boksdagi faoliyati davomida hozircha 2 ta jang o'tkazib, har ikkisida zafar quchgan. 23 yoshli Santana hisobida esa 4 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor.
Ushbu musobaqaning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida britaniyalik bokschilar - Daniel Dyubua va Fabio Uordli o'rtasida kechadi.
Havola :
Manba : boxrec.com
Fikrlar