13 iyu 09:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Jazoni o'tab qaytgan sobiq chempion amaldagi chempionga qarshi ringga chiqadi
Professional boksning ikkinchi o'rta vazn toifasida sobiq WBC chempioni Devid Benavides navbatdagi jangini kuzda o'tkazadi.
U sentyabr oyining oxirlarida AQSHning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida WBC chempionlik kamarining amaldagi sohibi Entoni Dirrellga qarshi ringga ko'tariladi.
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli Benavides mag'lubiyat nimaligini bilmay kelyapti. Lekin kokainga topshirgan doping-tahlili ijobiy natija bergan va u diskvalifikaciya qilingan edi. Mart oyida jazoni o'tab qaytgan bokschi Jeyleon Lavni mag'lubiyatga uchratdi va WBC kamariga rasmiy davogarga aylandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar