20 noy 10:10
Yangiliklar

JCH-2016ning uchinchi kuni 3 bokschimizda g'alaba, birida mag'lubiyat
17-18 yoshli bokschilar o'rtasida tashkil etilayotgan jahon chempionatida dunyoning 75 davlatidan 402 nafar charm qo'lqop ustasi 10ta vazn toifasida ishtirok etmoqda.
Kecha jahon chempionatining uchinchi kuni ringga ko'tarilgan 4 bokschimizdan 3 nafari g'alaba qozondi. To'rtinchisi esa mag'lubiyat alamini totib ko'rib, muxlislar qatoridan joy oldi.
52 kg vaznda qatnashayotgan Otabek Xolmatov ikkinchi jangida ham g'alabaga erishdi. Ilk jangida qirg'izistonlik Fatxiddin Hamroevdan 4:1 hisobida ustun kelgan Otabek bu safar vengriyalik Ishtvan Jakani 5:0 hisobida engdi.
56 kg vazndagi vakilimiz SHunqor Abdurasulov italiyalik raqibi Matteo Pirreradan 5:0 hisobida ustun keldi.
91 kg vazn toifasida ringga chiqqan SHohruz Rahimov xitoylik Remula Abudureksitiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 5:0 hisobida zafar quchdi.
Afsuski, eng engil 49 kg vazn toifasida yurtimiz sport sharafini himoya qilayotgan Abduvohil Marufxonov mag'lubiyatga uchradi. U xitoylik Zeksin CHenga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar