So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

25 fev 15:45
Yangiliklar

Futbol

JCH-2026 mojarosi yakunlanyapti: Kongo DR o'rniga Nigeriya o'ynaydi

JCH-2026 saralash turnirining hal qiluvchi bosqichida Nigeriya terma jamoasi penaltilar seriyasida Kongo DR terma jamoasiga imkoniyatni boy berib, mundialda ishtirok etish huquqidan mahrum bo'lgan edi.

G'alaba qozongan kongoliklar esa qitalararo o'tish o'yinlariga yo'l olishdi.

Ammo nigeriyaliklar bu natijani adolatsiz deb hisoblamoqda. SHikoyat arizasida Kongo DR terma jamoasining 6-9 nafar futbolchisining qonuniyligi shubha ostiga olingan. Bu futbolchilar Evropada (Franciya, Niderlandiya va boshqa davlatlarda) tug'ilgan bo'lib, ikki fuqarolikka ega hisoblanadi.

FIFA va Kongo DR qonunchiligidagi ziddiyat

Nigeriya futbol federaciyasi bosh kotibi Muhammed Saniusining takidlashicha, DR Kongoning ichki qonunlariga ko'ra ikki fuqarolikka ega bo'lish taqiqlanadi.

Muhammed Saniusi: "Qoidalar juda aniq. Kongo DR qonunlariga ko'ra, ikkita pasportga ega bo'lish mumkin emas. Ularning ko'plab o'yinchilarida hali ham Evropa pasportlari mavjud. FIFA faqat o'z reglamentlariga tayanadi va agar hujjatlar joyida bo'lsa, futbolchilarga o'ynashga ruxsat beradi. Ammo biz FIFA chalg'itilgan deb hisoblaymiz. Bu haqiqiy firibgarlik!".

Nigeriyaliklarning fikricha, futbolchilar o'z mamlakatlarining Evropa pasportlaridan voz kechish bo'yicha to'liq jarayondan o'tmagan va bu xalqaro normalarga ziddir.

O'FA terma jamoalar bo'limi sobiq boshlig'i SHerzod Igamberdiev FIFA shu hafta JCH-2026 pley-off bosqichida Kongo DR terma jamoasi o'rniga Nigeriya terma jamoasi tushishini yozdi.

"SHu haftada FIFA Kongo DR o'rniga Nigeri pley-off bahslarida ishtirok etishini tasdiqlaydi".

Nima uchun bu O'zbekiston terma jamoasi uchun muhim?

Ushbu vaziyat nafaqat Afrika qitasi, balki O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Gap shundaki, agar Kongo DR terma jamoasi o'tish o'yinlarini muvaffaqiyatli yakunlasa, JCH-2026 guruh bosqichida bizning terma jamoamizga raqib bo'lishi mumkin.

Esdatib o'tamiz, Kongo DR Qitalararo pley-off finalida Yamayka hamda Yangi Kaledoniya juftligi g'olibi bilan o'ynashi kerak edi. Bahslar 26 hamda 31 martda o'tishi rejalashtirilgan.


JCH-2026, K guruhi

Portugaliya

Qitalararo pley-off g'olibi

Kolumbiya

O'zbekiston

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing