17 noy 10:19
Yangiliklar
Futbol
JCH-2026 saralashi. Afrika qitasi final uchrashuvida sensaciya qayd etildi
Kecha Afrika qitasida 2026 yilgi jahon chempionati saralash guruh bosqichida o'z kvartetida 2-o'rinni egallagan eng yaxshi 4 jamoa ishtirokida pley-off bahslarining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Finalda Nigeriya va Kongo DR bahs olib bordi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa omad Kongo DR terma jamoasiga kulib boqdi.
SHu tariqa, Kongo DR qitalararo pley-off musobaqasiga yo'llanma oldi va ushbu kichik turnirdagi bo'lajak g'alaba ularga JCH-2026 yo'llanmasini taqdim etadi.
JCH-2026 saralashi. Afrika. Pley-off. Final
Nigeriya — Kongo DR 1:1
Penaltilar seriyasi — 3:4.
Gollar: Onieka (3) — Meshak (32).

Havola :
Fikrlar