Braziliya va Ekvador JCH-2026`da!
Vinisiusning goli evaziga Paragvayni 1:0 hisobida mag'lub etgan Braziliya 23-Jahon chempionatiga yo'llanma oldi. SHu bilan birga, Braziliya barcha Jahon chempionatlariga chiqa olgan dunyodagi yagona jamoa bo'lib qolmoqda.
Ekvador esa maydonda bir kishi kam bo'lib, Peru bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi va saralash jadvalida 2-o'rinni saqlab qoldi. Hatto ochkolari olib tashlanganiga qaramay, ular hali ham braziliyaliklardan oldinda
Bu tunning yana bir muhim yakuni shuki, CHili terma jamoasi saralash imkoniyatlaridan mahrum bo'lib, ketma-ket uchinchi Jahon CHempionatini o'tkazib yuboradi
Fikrlar