14 noy 09:03
Yangiliklar
Futbol
JCH-2026 saralashi. BAA va Iroq o'zaro birinchi o'yinda durang o'ynashdi
JCH-2026 saralashi Osiyo mintaqasi uchun ajratilgan yarimta yo'llanma uchun BAA va Iroq terma jamoalari kurash olib bormoqda.
Tomonlarning BAAdagi "Muhammad bin Zayid" stadionidagi ilk o'yinida 1:1 hisobi qayd etildi. Uchrashuvdagi hisobni mehmonlar 10-daqiqada Ali Al-Hammadining aniq zarbasi bilan ochishga muvaffaq bo'lishdi. Bunga javoban 18-daqiqada Luan Pereyra muvozanatni tikladi - 1:1.
Bu hisob o'yin oxirigacha o'zgarishsiz qoldi. Endi barchasi 18 noyabr kuni o'tkaziladigan javob uchrashuvi hal bo'ladi.

Havola :
Fikrlar