16 noy 07:51
Yangiliklar
Futbol
JCH-2026 saralashi. Bugun O'zbekiston o'z yurishini Turkmanistonga qarshi o'yin bilan boshlaydi
Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida ilk o'yinini o'tkazadi.
Ushbu bahsda vakillarimiz Turkmaniston mehmoni bo'lishadi.
Uchrashuv bosh hakami yaponiyalik Hiroyuki Kimura bo'ladi. Unga qanotlarda hamyurtlari Kota Vatanabe va Takumi Takagi yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi Hiroki Kasaharaga topshirilgan.
O'yinda mezbonlar oq, O'zbekiston terma jamoasi esa ko'k rangli liboslarda o'tkazadi.
Mazkur uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da “Ashxobod” stadionida start oladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar