17 noy 08:55
Yangiliklar
Futbol
JCH-2026 saralashi. Portugaliya Ronaldusiz raqib darvozasiga 9 ta to'p kiritib, mundialga chiqdi
Evropa qitasida ham JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi o'yinlar bo'lib o'tmoqda.
Portugaliya terma jamoasi Krishtianu Ronaldu diskvalifikaciya qilinganidan keyingi birinchi o'yindayoq raqib darvozasiga 9 ta to'p kiritib, JCH-2026 final bosqichiga yo'l oldi.
Armaniston terma jamoasi darvozasiga kiritilgan gollarga Renatu Veyga (7-daqiqa), Gonsalu Ramush (28), Joau Nevesh (30, 41, 81), Brunu Fernandesh (45+3 (pen), 51, 72 (pen) va Francisku Konseysau mualliflik qildi.

Havola :
Fikrlar