16 okt 18:30
Yangiliklar
Futbol
JCH-2026 saralashining 4-tur ramziy jamoasiga O'zbekiston va Qirg'izistondan ikki nafardan futbolchi kiritildi
"SofaScore" JCH-2026 saralashi 4-turida faol o'yin namoyish qilgan futbolchilardan iborat ramziy jamoani shakllantirdi.
Etiborlisi, ushbu ramziy terma jamoaga O'zbekiston milliy terma jamoasining ikki futbolchisi kiritildi. Bular himoyachi Husniddin Aliqulov va yagona gol muallifi Otabek SHukurov. Bundan tashqari kecha KXDRni 1:0 hisobida mag'lub etgan Qirg'iziston terma jamoasidan ikki himoyachi Valeriy Kichik va gol muallifi Kristian Brauzman ham ramziy terma jamoadan joy olishdi.
Malumot uchun,
1-turda Jaloliddin Masharipov,
2-turda Husniddin Aliqulov va Eldor SHomurodov,
3-turda Husniddin Aliqulov ramziy terma jamoaga kirishgan edi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar