23 avg 08:52
Yangiliklar
Futbol

JCH-2026`ga qura qachon va qaerda tashlanishi malum!
Xabaringiz bor, kelasi yili AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida 2026 yilgi jahon chempionati o'tkaziladi.
Turnirning final bosqichi uchun qura shu yilning 5 dekabr kunida AQSHdagi Jon Kennedi nomli sanat ijrochilari markazida tashkillashtiriladi.
Tarixda ilk marotaba mundialda 48 terma ishtirok etadi. Turnir mezbonlari Meksika (A1), Kanada (B1) hamda AQSH (D1) termalari o'z joylariga ega bo'lib bo'lgan.
Hozircha mezbonlardan tashqari yana 9 terma - Avstraliya, Braziliya, Ekvador, Eron, Yaponiya, Iordaniya (debyut), Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya va yana bir debyutant O'zbekiston termalarining mundialda qatnashishi aniq bo'lib ulgurgan.
Turnirning ilk o'yini 2026 yilning 11 iyun kunida Mexikodagi "Acteka" stadionida, final o'yini esa 19 iyul kunida "Nyu-York Nyu-Djersi" stadionida o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar