14 dek 18:13
Yangiliklar
JCH finali Messi uchun so'nggisi bo'ladimi? Leo bu savolga javob berdi
"Men bunga erishganimdan juda xursandman. Men Jahon chempionatlaridagi ishtirokimni finaldagi so'nggi o'yinimni o'tkazish orqali yakunlayman", – dedi Messi.
Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasining Qatarda davom etayotgan JCH-2022 finalidagi raqibi bugun, 14 dekabr (Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi) kuni bo'lib o'tadigan Marokash - Franciya uchrashuvida aniqlanadi.
Agar Messi finalda ishtirok etsa, Jahon chempionatlarida o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha barcha futbolchilar orasida birinchi o'ringa chiqadi. Hozir u germaniyalik Lotar Matteus bilan birinchi o'rinni bo'lishib turibdi (har biri 25 tadan o'yin). Messi uchun Qatardagi musobaqa faoliyatidagi beshinchi turnir bo'ldi.
Jahon chempionati finali 18 dekabr kuni bo'lib o'tadi. U Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.
Fikrlar