So’nggi yangiliklar

22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси тугашига иккита тур қолди. Бугун кимлар рақиб бўлади? 0 11:55Ўзбекистонда қатор профессионал футбол клублари ишончли бошқарувга берилади 0 11:27Бугун Тошкентда юлдузли кардга эга Mangu 5 турнири ўтказилади 0

21 mar 17:01
Yangiliklar

Futbol

JCH saralashining 7-tur yakunlari. Yaponiya vazifani bajardi, Eron, O'zbekiston va Janubiy Koreya mundialga yaqin

Teglar :  O'zbekiston MTJ
Kecha, 20 mart kuni qitamiz bo'ylab JCH saralash bosqichining uchinchi raund 7-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

7-tur yakunlariga ko'ra, o'z maydonida g'alaba qozongan Yaponiya terma jamoasi butun dunyo jamoalari orasida birinchi bo'lib JCH yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 


"A" guruhi natijalari va keyingi o'yinlar

O'zbekiston - Qirg'iziston 1:0

Eron - BAA 2:0

Qatar - KXDR 5:1

Bizning guruhdagi har uchala o'yinda kutilganidek mezbonlar g'alabaga erishdi. Terma jamoamiz qiyinchilik bilan g'alaba g'ozonib, o'z hisobiga muhim uch ochkoni yozib qo'ydi. BAAning mag'lub bo'lishi ham bizga qo'l keldi va endilikda ochkolar farqi 6taga etdi. Lekin baribir xotirjam bo'lish kerak emas, chunki oldinda yana uchta tur bor va buyog'iga faqat qiyin o'yinlar qoldi. 



G'alenoi g'alabani Beyranvandga bag'ishladi

Eron o'z maydonida BAAni qabul qilib 2:0 hisobida zafar quchdi. O'yindan keyingi matbuot  anjumanida Eron terma jamasi bosh murabbiyi Amir G'alenoi shunday dedi: 

"G'alaba uchun xursandmiz va bemalol bu g'alabani darvozabonimiz Alirizo Beyranvandga bag'ishlasak bo'ladi. CHunki uning mohir seyvlari tufayli to'p darvozamizga kirmadi. Bizda juda yaxshi jamoa bor va bu jamoa bilan bemalol o'z maqsadimizga erisha olamiz".


Paulu Bentu shogirdlarini tanqid qilmadi

Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, BAA terma jamoasi ustozi o'z shogirdlari haqida iliq fikrlar bildirdi:

"Birinchi taymni zo'r o'tkazdik, lekin to'pga ko'proq Eron egalik qildi. O'ylashimcha, ikkinchi taymda ham chiroyli harakat qildik. SHogirdlarimni tanqid qilmoqchi emasman, hamma bor kuchi bilan o'ynadi. Faqat mahorat bobida Eron ustunlik qildi. Endi KXDR bilan o'yinni o'ylaymiz".

Guruhning uchinchi bahsida Qatar KXDRni yirik hisobda mag'lub etib, o'z ochkolarini 10 taga etkazib oldi. SHunday qilib, BAA bilan Qatarning ochkolari bir xil 10 tadan bo'ldi.


8-tur uchrashuvlari. 25 mart

Qirg'iziston - Qatar

Eron - O'zbekiston

KXDR - BAA



"B" guruhi natijalari va keyingi o'yinlar

Janubiy Koreya - Ummon 1:1

Iroq - Kuvayt 2:2

Ioradniya - Falastin 3:1

Janubiy Koreyaning o'z maydonida durang o'ynashi tur sensaciyasi bo'ldi. SHunga qaramay, koreyaliklar hamon peshqadam bo'lib qolmoqda va katta ehtimol bu jamoa guruhdan birinchi o'rin bilan Jahon chempionatiga yo'l oladi.

Iroqning Basra shahrida kechgan Iroq - Quvayt bahsida 2:2 qayd etildi. Bu o'yinni 63 ming atrofida muxlis kuzatib bordi. O'yinda kuvaytliklar 2:0 hisobida oldinda borayotgandi, ammo Iroq terma jamoasi futbolchilari 90+3 va 90+11-daqiqada gol urib, mag'lubiyatni durangga aylantirishdi. SHundan so'ng maydonda tortishuv va janjalli holat yuzaga keldi. Bosh hakam esa kuvaytlik futbolchini chetlatdi.

Guruhning uchinchi o'yinida Iordaniya Falastin darvozasiga 3 ta gol urib zafar quchdi. Guruhdagi vaziyatga qarasak, to'rtta jamoa ikkita yo'llanma uchun kurashmoqda. Hatto Kuvaytda ham imkoniyat bor deya olamiz. Bu guruhda kurash oxirgi turgacha kechishini taxmin qilish qiyin emas.


8-tur uchrashuvlari. 25 mart

Janubiy Koreya - Iordaniya

Falastin - Iroq

Quvayt - Ummon


C guruhi natijalari va keyingi o'yinlar

Avstraliya - Indoneziya 5:1

Yaponiya - Bahrayn 2:0

Saudiya Arabistoni - Xitoy 1:0

Indoneziya ustidan qo'lga kiritilgan yirik g'alaba Avstraliyaga ikkinchi uch ochkoni taqdim etdi. Bu jamoa saralashni yaxshi boshlay olmadi, to'rt marta durang o'ynadi, lekin hozir ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi.

Yaponiya terma jamoasi Bahrayndan ustun kelib, Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. "Samuraylar"ning guruh o'yinlarini peshqadam sifatida tugatishi malum edi. Guruh o'yinlari tugashiga uchta tur qolganida Yaponiya vazifani bajardi.

Xitoyni kichik hisobda mag'lub etgan Saudiya Arabistoni guruhda uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Endilikda Avstraliya va Saudiya Arabistoni ikkinchi o'rin uchun kurash olib boradi. Nazarimizda, Indoneziya kurashdan chiqdi, chunki jamoa yaxshi ketayotgan bir paytda murabbiy o'zgardi va shu bilan hammasi o'zgarib ketdi. 


8-tur uchrashuvlari. 25 mart

Yaponiya - Saudiya Arabistoni

Xitoy - Avstraliya

Indoneziya Bahrayn


Xayrulla Xoliqov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing