03 apr 20:00
Yangiliklar
Boks/MMA

JCH sovrindori Elnur Abduraimov "Astana Arlans"ga qarshi jangdan so'ng nimalar dedi?
"Uzbek Tigers" bokschisi Elnur Abduraimov Dilmurot Mijitovga qarshi jangdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Uzbek Tigers"ning ushbu janglari juda qiziqarli o'tdi. SHaxsan o'zimning ishtirokim haqida gapiradigan bo'lsak, jamoa nomidan birinchi bo'lib men ringga chiqdim. Albatta ozgina hayajon bo'ldi. CHunki, ushbu chiqishni barcha yaqinlarim, do'stlarim, muxlislarimiz kuzatib turgan edilar. Ularning qo'llab-quvvatlashlari menga kuch berdi.
Raqib ham yaxshi bokschi. U bilan avval ringda to'qnash kelmaganman. Murabbiylarim bergan ko'rsatmalar asosida jangda harakat qildim. Aynan shu sabab, g'alaba qozona oldim. Jamoamizning barcha sportchilari yaxshi jang o'tkazishdi", - deydi Elnur Abduraimov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar