11 iyu 18:01
Yangiliklar
Og'ir atletika
JCHda 6ta oltin medalni qo'lga kiritgan 2 atletimiz Fijidan qaytdi FOTOGALEREYA
Xabar berganimizdek, Fijining Suva shahrida og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tgandi.
Kichik mundialda ishtirok etgan ikki atletimiz - Ahmadjon Ergashev va Akbar Jo'raev 3tadan 6ta oltin medalni qo'lga kiritib, son emas, sifat ustunligini namoyish etishgandi. Bu esa O'zbekiston terma jamoasining umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashini taminlagan edi.
Bugun jahon chempionatida muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etgan og'ir atletikachilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida atletlarimiz tantanali ravishda kutib olindi.
Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar